Dunyoning yangi eng boy odami eʼlon qilindi
"Amazon" asoschisi Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari roʻyxatidagi peshqadamligini yoʻqotdi.
Maʼlumotlarga qaraganda, bu bilan bogʻliq yangiliklar doimiy yangilanadigan “Forbes Real-Time” roʻyxatida eʼlon qilindi.
Hozirda Bezos 192,4 milliard dollarga egalik qilmoqda. Uning boyligi bir kunda 6,76 foizga yoki 13,9 milliard dollarga kamaydi. Dunyoning eng boy odamlari reytingining yetakchisi “Louis Vuitton Moët Hennessy” (LVMH)ning egasi Bernard Arno edi. “Forbes«ning maʼlumotlariga koʻra, uning boyligi 192,9 milliard AQSH dollarni tashkil qiladi.
Uchinchi oʻrinda “SpaceX” rahbari, “Tesla«ning bosh direktori Ilon Mask turadi. Uning boyligi bir kunda 2,2 milliard dollarga koʻpayib, hozirda 179,4 milliard dollarni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring