Dunyodagi vaziyatdan qatʼi nazar Xitoy Ukraina bilan hamkorlik qilishga tayyor — Si Szinpin

01:36 27 Aprel 2023 Dunyo
926 0

Illyustrativ foto

Xitoy rahbari Si Szinpin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chogʻida Pekin Kiyev bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy tomonining Ukraina bilan munosabatlarni rivojlantirish istagi “izchil va aniq”.

“Xalqaro vaziyat qanday oʻzgarishidan qatʼi nazar, Xitoy Ukraina bilan oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun ishlashga tayyor”, degan Szinpin .

Kecha Ukraina tomonining tashabbusi bilan Vladimir Zelenskiy va Si Szinpin oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtgan edi. Ukraina rahbari Kiyev Pekinga yangi elchi tayinlaganini maʼlum qildi. Bundan tashqari, Xitoy rahbari oʻz vakilining yaqin orada Ukraina va boshqa mamlakatlarga vazityani tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha chuqur maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun tashrif bilan kelishini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер