Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari oʻtgan yilga nisbatan 10 foizga oshdi

10:24 15 Dekabr 2022 Dunyo
793 0

Foto: Illustrativ surat

Oʻtgan haftada Yer yuzi boʻyicha 3,3 milliondan ortiq kishiga SOVID-19 tashxisi qoʻyildi. Ulardan qariyb 9,8 ming nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tahliliga koʻra, 5-11-dekabr kunlari sayyoramizda koronavirusga chalinish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 2 foiz, oʻlim koʻrsatkichlari esa 10 foizga oshgan.

Bemorlar sonining sezilarli koʻpayishi Amerika (+27 foiz) va Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (+3 foiz) mamlakatlarida kuzatildi. Afrika (-73 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (-33 foiz) va Yevropada (-11 foiz) esa buning aksi qayd etildi.

Oʻlim koʻrsatkichlari asosan Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi (+81 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerikada (+37 foiz) oshgan.

Oʻtgan haftada Yaponiyada 841 ming, AQSH — 448 ming, Janubiy Koreya — 420 ming, Fransiya — 366 ming, Braziliya — 194 ming nafar bemorlar aniqlangan.

Eng koʻp oʻlim holatlari AQSH — 2934, Yaponiya — 1358, Braziliya — 603, Fransiya — 478, Italiya — 475 davlatlarida  qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер