Dunyoda koronavirusdan kasallanish va oʻlim ortdi

15:40 14 Iyul 2021 Dunyo
606 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 187 million 086 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 042 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 372 970 yangi holati aniqlandi. 7 469 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 187 million 757 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 048 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

  • AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,518 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
  • Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,907 milliondan ortiq),
  • uchinchi oʻrinda Braziliya (19,089 milliondan ortiq),
  • toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (5,833 milliondan ortiq),
  • beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,700 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 4 000, Hindistonda 32 906, Braziliyada 20 937, Rossiyada 24 702, Fransiyada 1 120 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 495 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер