Dunyoda koronavirusdan kasallanganlar soni 10 milliondan oshdi
Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan odamlar soni 10 million kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti maʼlum qilgan.
Kasallanganlar va oʻlimlar soni boʻyicha hali ham AQSH yetakchilik qilmoqda, mamlakatda 2,596 milliondan oshiq zararlanish holati va 128 mingdan koʻproq oʻlim qayd etildi.
Ikkinchi oʻrinni Braziliya (1,3 million kishi) va uchinchi oʻrinni Rossiya (633 ming kishi) band etgan.
Dunyo boʻyicha 500 mingdan ortiq bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. 5 065 000 kishi kasallikdan forigʻ boʻlgan.
Maʼlumot uchun, soʻnggi ikki oy ichida dunyoda kasallanish holatlari soni 1 milliondan 10 millionga chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring