Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 116 million nafardan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 116 million 521 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 589 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 354 629 yangi holati aniqlandi, 7 020 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 117 million 132 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 599 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 28,659 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (11,229 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (10,938 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,333 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,218 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 57 269, Hindistonda 18 599, Braziliyada 69 609, Rossiyada 10 253, Buyuk Britaniyada esa 5 177 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring