Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 85 millionga yaqinlashdi
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 541 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 84 million 474 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 848 mingdan ziyod kishi vafot etgan (05.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:47 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 541 811 yangi holati aniqlandi, 8 696 nafar bemor vafot yetdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (06.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 86 million 405 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 868 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 20,470 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,356 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (7,733 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,284 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (2,713 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 211 444, Hindistonda 16 375, Braziliyada 17 341, Rossiyada 24 246, Buyuk Britaniyada esa 58 784 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring