Dunyoda koronavirus. Slovakiyada stadionlarga chiqishga ruxsat berildi. Boshqa yangiliklar

17:33 22 Aprel 2020 Dunyo
1004 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,5 mln. nafardan oshdi, 177 ming nafardan ziyod bemor vafot etgan, 686 mingdan ortiы bemor esa tuzalgan.

— Slovakiyada karantin qoidalarini yumshatish choralari maʼqullandi. Misol uchun, bu davlatda bugundan boshlab odamlar stadionda sport bilan shugʻullanishlari, bozordan mahsulot sotib olishlari mumkin.

— BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli agar insoniyatning oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanmasa, koronavirus tufayli dunyoga ocharchilik xavf solishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

— Ispaniyada 26-apreldan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning kattalar kuzatuvi ostida sayr qilishlariga ruxsat berildi.

— AQSHda bir sutkada 2751 kishi vafot etdi, bundan bir kun oldin esa qurbonlar soni 1433 nafar edi. AQSHda vafot etganlar soni 45 mingdan oshib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер