Dunyoda koronavirus. Nyu-Yorkda virus qurbonlari soni 10 mingdan oshib ketdi va boshqa yangiliklar

23:33 13 Aprel 2020 Dunyo
1138 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1,87 mln. nafardan oshdi, 116 ming kishi vafot etgan, 441 ming inson sogʻaygan.

Yevropada:

— Italiyada koronavirusdan qariyb 20,5 ming odam vafot etdi, 156,3 ming kishi tuzaldi.

— Ispaniya sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda kasallanish holatlari oʻz choʻqqisiga chiqqanini maʼlum qildi, qurbonlar soni 17,4 ming nafarga yetdi, hammasi boʻlib 169,4 ming odam virusga chalingan.

— Buyuk Britaniyada bosh vazir Boris Jonson shifoxonadan tuzalib chiqdi, uning COVID-19ga testi manfiy boʻlib chiqdi.

— Britaniyada uchinchi kundirki, koronavirusdan oʻlish holatlari kamaymoqda. Oxirgi sutkada halok boʻlganlar soni 717 nafarni tashkil etgan boʻlsa, vafot etganlarning umumiy soni 11,3 ming nafarga teng, 89,5 ming inson infeksiyani yuqtirib olgan.

AQSH va Kanadada:

— Nyu-York shtatida koronavirusdan 10 mingdan ziyod kishi hayotdan koʻz yumdi.

— AQSHning Theodore Roosevelt avianosetsida xizmat oʻtagan dengizchi koronavirusdan vafot etdi.

— Qariyb 6 mln. kanadalik hukumatdan moliyaviy yordam olish uchun ariza berdi.

Boshqa mintaqalarda:

— Singapur sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusni yuqtirish bilan 386 ta yangi holat qayd etilganini maʼlum qildi. Bu mamlakat uchun bir sutkada qayd etilgan rekord koʻrsatkichdir.

— Turkiyada hukumat fuqarolarni dam olish kunlari uyidan koʻchaga chiqishini taqiqlashga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер