Dunyoda koronavirus. Mingdan ortiq koʻngillida vaksina sinovi va boshqa yangiliklar
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,7 mln. nafardan oshdi, 190 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
— Kecha Nyu-Yorkda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq yangi holatlar soni 6 mingdan oshdi. Umumiy bemorlar soni 263 mingdan koʻpaydi.
— Braziliyada virus qurbonlari soni 3313 nafarga yetdi. Bir kunda 407 ta oʻlim qayd etildi. Bu chorshanba kundagiga nisbatan ikki barobar koʻpdir.
— Buyuk Britaniyada ChAdOx1 nCoV-19 koronavirusiga qarshi vaksinani sinovdan oʻtkazish boshlandi. Bu jarayonlar 1,1 ming nafar koʻngilli bilan olib boriladi.
— Theodore Roosevelt avianosetsida koronavirus yuqtirganlar soni 840 nafarga yetdi. Ekipajning barcha aʼzolari testdan oʻtkazilgan.
— Xitoyda sutka davomida infeksiyaga chalinish bilan bogʻliq oltita yangi holat qayd etildi, oʻlim qayd etilmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring