Dunyoda koronavirus bilan zararlanganlar soni 100 million nafardan oshdi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda koronavirus bilan zararlanganlar soni 100 million nafardan oshganini tasdiqladi.
JSST maʼlumotlariga koʻra, 100 200 107 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. 2,1 million nafardan ortiq odam ushbu infeksiya tufayli kelib chiqqan pnevmoniya asoratlaridan vafot etdi.
Kasallik eng koʻp qayd etilgan davlatlar roʻyxatida AQSH (25 mln. kishi) birinchi boʻlib turibdi. Roʻyxatda ikkinchi oʻrinda 10,7 mln.ta holat bilan Hindiston joy olgan. Braziliyada 9 millionga yaqin odam ushbu infeksiyani yuqtirib olgan. Ushbu virus ilk bor qayd etilgan Xitoyda esa 89 272 holat qayd etilgan.
Jons Xopkins universiteti 26-yanvar kuni dunyoda “Sovid-19” bilan zararlanganlar 100 milliondan oshganini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring