Dunyoda koronavirus bilan kasallanish holati 37 milliondan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 37 million 109 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 70 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 37 million 481 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 76 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 7,583 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (7,053 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,055 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,298 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda Kolumbiya (894 mingdan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring