Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday?
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 62 million 844 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 465 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 63 million 839 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 480 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 13,234 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (9,462 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (6,314 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (2,322 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Fransiya (2,183 milliondan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring