Dunyoda “Birinchi dronlar urushi” boshlangani maʼlum qilindi
Arxiv surat
Amerikalik milliarder, “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Ukraina osmonlarida uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlar paydo boʻlishi bilan dunyoda “Birinchi dronlar urushi” boshlandi, deya maʼlum qildi.
Uning qayd etishicha, dunyo “Birinchi dronlar urushi”ga duch kelgan.
“Birinchi dronlar urushi”, deb yozgan u Ukraina shaharlari ustida dronlarning paydo boʻlishi haqidagi xabarlarni izohlab.
18-oktyabr kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Kiyevga uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurash vositalarini yetkazib berishini maʼlum qildi.
“Biz yuzlab faol stansiyalar haqida gapiryapmiz”, degan u. Bosh kotibning qoʻshimcha qilishicha, ularni yaqin kunlarda yetkazib berish kutilyapti.
Avvalroq harbiy ekspertlar “Geran-2” dronlari (Eron Shahed-136) Ukraina uchun “haqiqiy dahshat”ga aylanganini aytishgandi. Taʼkidlashicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi ularga qarshi ojiz qolmoqda.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat boʻylab “havo qalqoni” yaratmoqchi ekanligi va Kiyevni yetarli miqdorda zamonaviy va samarali havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan taʼminlashga chaqirgani xabar qilingan edi. Shu bois u G7 yetakchilaridan bu borada Ukrainaga yordam berishni soʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring