Dunyo koronavirusning yangi, juda xavfli toʻlqinidan ogohlantirildi

00:19 24 Aprel 2021 Dunyo
2665 0

Hozir butun dunyo oldida pandemiyaning birinchi toʻlqiniga qaraganda koronavirus infeksiyasining yanada kuchli tarqalishidan omon qolish vazifasi turibdi. Ushbu fikrlarni Hindistonda yashovchi ukrainalik tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Kuxarchuk aytib oʻtdi.

Pandemiya boshlanganidan beri Kuxarchuk faol ravishda "COVID-19" ni davolashni oʻrganib, uni takomillashtirish borasida izlanishlar olib bormoqda.

" Biz (qaysi davlatda boʻlishimizdan qatʼi nazar) koronavirus infeksiyasining shunday avj olish arafasida turibmizki, pandemiyaning birinchi toʻlqini, uning oldiga “gul”ga oʻxshaydi!", deydi Kaxarchuk.

Professorning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Hindistondagi kasalxonalar bosimga dosh berolmayapti, koʻplab klinikalarda ogʻir kasallarni kislorod bilan taʼminlash muammosi mavjud.

Shuningdek, u koronavirusning Buyuk Britaniya shtammi juda qisqa vaqt ichida uch marta tezroq tarqalayotganini va ikki baravar koʻproq pnevmoniyaga sabab boʻlayotganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер