Dunyo boʻylab koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari pasaymoqda. Ammo...
Soʻnggi yetti kun ichida dunyoda koronavirus xastaligi asoratlaridan 37,7 ming kishi vafot etdi, bu avvalgi haftaga nisbatan 10 foizga kamdir.
Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti eʼlon qilgan hisobotda keltirib oʻtilgan.
Shu bilan birga, COVID-19 bilan kasallanganlar soni qariyb 2 millionga oshgan va 31,4 million kishini tashkil qilmoqda. Koronavirus asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumganlarning umumiy soni 968 mingga yetdi.
Hisobotda koʻrsatilishicha, eng qiyin epidemiologik vaziyat Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasida kuzatilmoqda. Mazkur ikki qitʼada yuqtirganlarning umumiy soni 15,5 millionga yaqinlashgan. Soʻnggi bir hafta ichida xastalik koʻrsatkichi oʻtgan haftaga nisbatan 38 foizga oshgan (deyarli 770 ming kishi virus yuqtirgan), oʻlim darajasi esa 22 foizga kamaygan (19 mingdan ortiq bemor vafot etgan).
Ammo soʻnggi yetti kun ichida Yevropada oʻlim darajasi sezilarli darajada oshgan — 27 foiz (4 mingdan ortiq kishi vafot etgan). Umuman olganda, deyarli 5,2 million yevropalik COVID-19ni yuqtirib olgan boʻlib, ulardan 360 mingdan ortigʻi infeksiyani yengga olmagan.
Janubi-Sharqiy Osiyoda bir hafta ichida 700 mingga yaqin odam xastalikni yuqtirgan va ularning umumiy soni 6,1 million kishiga yetgan. Oʻlimlar soni 101 mingdan oshgan, yuqtirganlar sonining koʻpayishi esa 9,3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring