“Dunyo” axborot agentligining nomi oʻzgaradi
Foto: Халқ сўзи
Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi “Dunyo” axborot agentligining nomi avvalgi — “Jahon” axborot agentligi, deb oʻzgartiriladi.
“Xuddi shu nomdagi yoki unga oʻxshash nomlarga ega boʻlgan koʻplab tijoriy va boshqa tuzilmalar paydo boʻlgani tufayli shunday qaror qabul qilindi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Agentlik veb-saytining internetdagi elektron pochta manzillari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi kanallariga oʻzgartirishlar haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring