DSQ tomonidan quyi soliq organlarining 109 ta qarori soliq toʻlovchilar foydasiga bekor qilingan
Illustrativ foto
2022-yilning 1-dekabr holatida DSQga shikoyat berish tartibida jami 1 485,6 mlrd soʻmlik 459 ta soliq nizosiga oid shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ularning barchasini belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi taʼminlangan. Shundan:
soliq auditi boʻyicha — 1 268,7 mlrd soʻmlik 267 ta shikoyat;
sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 216,9 mlrd soʻmlik 192 ta shikoyat.
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan:
528,0 mlrd soʻmlik 109 ta murojaat boʻyicha
(shundan, 28 tasi 442,4 mlrd soʻmlik qisman) soliq toʻlovchilarning shikoyati qanoatlantirilgan;
579,5 mlrd soʻmlik 316 ta murojaat boʻyicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari oʻz kuchida qoldirilib, bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
378,1 mlrd soʻmlik 34 ta murojaat boʻyicha oʻrganish davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring