Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshdi

12:33 03 Mart 2025 Jamiyat
3248 0

“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar 5 mln 625 ming soʻm miqdoridagi pul mukofoti olishadi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qonun bilan “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Unga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yoʻla beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishi nazarda tutilgan.

Mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadiganlar bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, yaʼni 5 mln 625 ming soʻm pul mukofotini olishi belgilandi. Taʼkidlash joizki, ilgari ushbu mukofot qiymati BHMning 5 baravariga teng edi.

Shuningdek, ularga shahar yoʻlovchilar transportidan (bundan yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish huquqi ham beriladi.

“Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер