Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin oshdi

17:03 17 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
2229 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 sentyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 176,83 soʻmga qimmatlashib, 8039 soʻmga yetgan.

Yevro kursi esa 266 soʻm 16 tiyinga koʻtarilib, 9347 soʻm 75 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 5 soʻm 46 tiyinga qimmatlashib, 118,05 soʻmga yetgan.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер