Dollar kursi yana arzonlashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 10-martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 13 soʻm 30 tiyinga arzonlashib, 9500 soʻm 54 tiyinga yetgan.
1 Yevro kursi esa 232 soʻm 35 tiyinga oshib, 10 721 soʻm 36 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 2 soʻm 94 tiyinga arzonlashib, 138 soʻm 91 tiyinga yetgan.
1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 198 soʻm 61 tiyinga oshib, 12 395 soʻm 35 tiyinni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring