Dollar kursi tushdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 16-iyundan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 151 soʻm 90 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 1 soʻm 29 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 11 424 soʻm 95 tiyinga baholanib, 31 soʻm 91 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 2 soʻm 56 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 145 soʻm 39 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring