Dollar kursi qariyb 22 soʻmga arzonlashdi

12:24 03 Fevral 2020 Iqtisodiyot
2193 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 4-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 21 soʻm 59 tiyinga arzonlashib, 9541 soʻm 74 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 42 soʻm 99 tiyinga oshib, 10 584 soʻm 65 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 4 soʻm 69 tiyinga arzonlashib, 149 soʻm 20 tiyinga yetgan.

1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 89 soʻm 13 tiyinga qimmatlashib, 12 594 soʻm, 14 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер