Doimo e’tibor og‘ushidamiz

15:15 03 May 2018 Jamiyat
1590 0

Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni xalqimizni, ayniqsa, biz, nuroniylarni cheksiz quvontirdi.

...19 yoshimda, ayni o‘ynab-kuladigan yigit chog‘imda tengqurlarim qatori urushga otlandim. Qo‘limga qurol olib, yurtimiz ozodligi yo‘lida jangga kirdim.

Urush tugagach, qadrdon yurtimga qaytdim va ko‘p yillar ma’naviyat sohasini yuksaltirish yo‘lida sidqidildan xizmat qildim. Mehnatimdan qadr topdim. O‘n farzand¬ni tarbiyalab, ularning kamolidan quvondim. Hozir yoshim 95 da. Qirqdan ziyod -nevara hamda chevaralarim ardog‘idaman.

Keksaygan chog‘imda g‘amxo‘rlikdan yayrayapman. Zero, mamlakatimizda muttasil rivojlanishlar yuz bermoqda, ulkan bunyodkorliklar amalga oshirilayotir. Biz, keksalar, urush hamda mehnat faxriylari doimo e’tibor og‘ushidamiz. Prezidentimiz Farmoni ana shunday e’zoz va g‘amxo‘rlikning yana bir ifodasi bo‘ldi. Ilohim, bizni siylaganni Alloh siylasin! Yurtimiz doimo tinch, turmushimiz yanada farovon bo‘lsin!

Nazarboy TAJIBAYEV,
urush va mehnat faxriysi.
Nukus shahri

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер