DXM — mahalla — fuqaro

19:14 24 Dekabr 2020 Jamiyat
1387 0

Davlatimiz rahbari shu yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazida fuqarolarimizga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish jarayonida “Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning eʼtiborini sezishi kerak”, — degan gʻoyani ilgari surdi.

Davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish koʻnikmalarini mahallalarda, shuningdek, yoshlar oʻrtasida shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilishi zarur ekanligi taʼkidlandi.

Fargʻona viloyatida ham DXM — MAHALLA — FUQARO tamoyili asosida davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini mahallalarda shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar hayotga tatbiq etilmoqda. Joylardagi mahalla va maktablarda masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maxsus treninglar, mahorat darslar oʻtkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Toshloq tumani hamda Quvasoy shahar Davlat xizmatlari markazida tashkil etildi.

Quvasoyning “Soyboʻyi” , “Zebiniso”, “Navoiy”, Toshloq tumanining “Zarkent”, «Yangr yoʻl» “Axshak” mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari va faollari markaz xodimlari davlat xizmatlarini mahalladan, oʻz xonadonidan chiqmagan holda foydalanish, onlayn xizmat olishga koʻnikma shakllantirish borasida amaliy mashgʻulot darslari oʻtildi.

— Oʻquv mashgʻulotlari davomida juda koʻp zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻldim, — deydi Toshloq tuman “Furqat” mahalla fuqarolari yigʻini raisi Xoshimjon Xolmatov. — Koʻchmas mulkka boʻlgan egalik huquqini hozirda onlayn tarzda olish mumkinligidan xursand boʻldim. Ayniqsa, nabiralarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylash, elektron raqamli imzo, biron ishga kirishda kerak boʻladigan turli maʼlumotlarni masofadan turib bemalol, navbat kutmasdan olish mumkinligiga amin boʻldik. Eʼtiborlisi, bu kabi uchrashuvlar nafaqat davlat xizmatlari olish koʻnikmasini rivojlantirishga, balki aholini qiynayotgan masalalar, joylardagi muammolar haqida ham xabardor boʻlishimizga katta yordam beradi.

Fargʻona viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan mahalla va umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikdagi amaliy seminarlar va uchrashuvlar muntazam oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.

Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер