DXM fuqarolarni mahallada qabul qildi
Mamlakatimizda shunday davr hukmronki, bunda, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, xalq davlat idoralariga emas, idoralar xalqqa xizmat qilmoqda. Davlat xizmatlari markazining Marhamat tumani boʻlimi xodimlari ham fuqarolarni oʻz idoralarida emas, balki, mahallada qabul qildilar. Buning uchun tuman markazidan 25 km. olisdagi «Polvotosh» MFYga bordilar.

— DXMning hududlardagi Sayyor qabuli faoliyati meni juda qoniqtirdi,— deydi uy bekasi Sohibaxon Abdurahmonova. — Roʻzgʻordan, oiladan oshinib tuman markaziga borishning har doim ham uddasidan oʻta olmaymiz. Mutaxassislarning bevosita mahallamizda xizmat koʻrsatishi aholi uchun koʻp qulayliklarni yaratdi.
Ushbu mahallada 20 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Shu kuni ular oʻnlab turdagi davlat xizmatlaridan foydalanishdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring