DXX: Qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi, 1985-y.t., muqaddam sudlangan A.R. noqonuniy tarzda qoʻlbola usulda tayyorlangan 250 mln. 800 ming soʻm miqdoridagi 100 ming soʻmlik qalbaki kupyuralarni 100 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etish lozimki, qalbaki pul qiymatliklarining muomalaga kiritilishi davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi va bunday noqonuniy xatti-harakat Jinoyat Kodeksining 176-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring