Diniy savollar uchun 1171 qisqa raqami ishga tushdi (+videoqoʻllanma)
Diniy savollar uchun 1171 qisqa raqami ishga tushdi. Bu haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi qoshidagi Call-markazga 1171 qisqa raqami orqali qoʻngʻiroq qilish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu qisqa raqam orqali har kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar savollarga javob beriladi.
Maʼlumot uchun, Call-markazning 78-150-33-44 raqami ham faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar Telegram orqali “fatvo_call_1” va “fatvo_call_2” hamda WhatsApp orqali “+998917806633” telefon raqami orqali bogʻlanishlari mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring