Diniy qoʻmita 2021-yilgi Haj mavsumini tashkil etilishi bilan bogʻliq xabarlarga aniqlik kiritdi

17:29 10 Mart 2021 Jamiyat
3026 0

Soʻnggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2021-yilgi Haj mavsumini tashkil etilishi bilan bogʻliq turli xabarlar tarqalmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur masalada rasmiy xabarnoma bilan chiqdi.

«Din ishlari boʻyicha qoʻmita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari boʻyicha Attashe bilan mazkur masalada muntazam aloqa oʻrnatgan. Shundan kelib chiqib, quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda «Muqaddas Haj Safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina haj safariga bormoqchi boʻlganlar koronavirusga vaksina qabul qilgan boʻlishlari shart» va boshqa shu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emas.

Ikkinchidan, bu kabi xabarlarning tarqalishi va turlicha talqin qilinishi – Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirining “Haj mavsumi ziyoratchilarini qabul qilishning asosiy sharti – “COVID-19” ga qarshi emlangani boʻladi», mazmunidagi intervyusiga asoslangan.

Uchinchidan, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish boʻyicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror eʼlon qilinmagan.

Hurmatli yurtdoshlar!

Haj va umra ziyoratlari bilan bogʻliq asosli maʼlumotlar Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, yurtdoshlarimizdan yuqoridagi kabi asossiz va chalgʻituvchi xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz.

Oʻz navbatida, OAV vakillarini aholi orasida turli tushunmovchilik keltirib chiqaradigan, tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz!», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер