Dilkushodning giloslari

15:26 02 Iyun 2022 Jamiyat
577 0

Foto: Illustrativ foto

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimizda oʻtgan yili yanvar-may oylarida xorijga 43,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilos eksporti amalga oshirilgan. Joriy yilda bu koʻrsatkich yanada ortishi kutilmoqda. Sababi, hozirda gilos eksport qiluvchi mirishkorlar soni sezilarli ortgan. Qolaversa, bu borada xonadonlarda yetishtirilgan hosil ulushi ham munosib oʻrin egallamoqda.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Dilkushod qishlogʻida 680 ta xonadon mavjud boʻlib, ularning 90 foizida gilos yetishtiriladi.

— 30 yildan buyon gilos yetishtirish bilan shugʻullanaman, — deydi shu qishloqda istiqomat qiluvchi Ahmadali Abdurahmonov. — Hozirda tomorqamda 50 tup daraxt bor. Ularning har biri oʻrtacha 35-40 kilogrammdan hosil berdi. Daromad ham chakki emas. Hozircha 50 mln soʻmlik gilos sotdim. Hali hosil choʻgʻi baland.

Mahallada yetishtirilgan gilosning atigi 10 foizi ichki bozor ehtiyojini qondiradi. Qolgan 90 foizi esa Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Xitoy, Germaniya va Koreya davlatlariga eksport qilinmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер