Diyetolog inson umrini qisqartiruvchi oziq-ovqatlar haqida maʼlumot berdi
Illyustrativ foto
Diyetolog Yelena Solomatina qanday ovqatlar inson organizmiga eng yomon salbiy taʼsir koʻrsatishi haqida gapirdi.
Mutaxassisning fikricha, shakar va tuz miqdori yuqori boʻlgan taomlarni isteʼmol qilish jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Diyetolog shakarni “birinchi raqamli qotil” deb atab, u qandli diabet, semizlik va xolesterin darajasini oshishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.
“Tuzni ortiqcha isteʼmol qilish ham xavflidir, bu organizmda metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin”, deydi shifokor.
Uning taʼkidlashicha, insonlar tuzni juda koʻp isteʼmol qiladi: koʻplab ovqatlar uni yashirin shaklda oʻz ichiga oladi va goʻyoki ortiqcha emasdek tuyuladi.
Bundan tashqari, tez tayyorlanadigan taomlarni koʻp isteʼmol qilish ortiqcha energiya beradi, bunday ovqatlarning ortiqcha qismi yogʻga aylanadi.
Shu bois diyetolog tez ovqatlanadigan restoranlarga faqat oxirgi chora sifatida, yaʼni boshqa muqobil variant boʻlmaganda borishni maslahat berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring