Dezinfeksion tunnellarni umuman foydasi boʻlmadi, deb baholash xato fikr — Shtab aʼzosi
Dezinfeksion tunnellar haqida nima deya olasiz? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Rustam Ikromov javob berdi.
"Dezinfeksion tunnellarni umuman foydasi boʻlmadi, deb baholash xato fikr.
Birgina oʻtkir ichak yuqumli kasalliklarini 2019-yil 6 oyligiga nisbatan, joriy yil shu davrida 61 foizga kamayganligi, virusli gepatit “A” turi 76 foizga kamayganligini oʻzi ushbu dezinfeksiya choralarini yuqumli kasalliklarning tarqalishida oʻrin tutganligini bildiradi.
Bugungi kunga qadar dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi taʼsir samarasi qaysidir mamlakat tomonidan oʻrganilganligi toʻgʻrisida rasmiy maqolalar chop etilmagan", dedi Ikromov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring