Deputatlar qonun loyihasini nega qoʻmitaga qaytardi?

16:15 08 Iyun 2021 Iqtisodiyot
894 0

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar kun tartibidagi masalalar qatorida  “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilganda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari qoidalarini buzganlik uchun kuchaytirilgan jazo choralari qoʻllanishi belgilangan edi.

Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida xalq vakillari belgilanayotgan jarimalarni qaytadan koʻrib chiqish va jarima miqdorlarini yetkaziladigan zararga qarab belgilash boʻyicha takliflar berdi.

Shundan kelib chiqib, Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarda xabarnoma yuborilishi lozim boʻlgan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanganlik uchun, shuningdek litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun jarima miqdorlari kamaytirilmoqda.

Qizgʻin muhokamalarda qonun loyihasi yuzasidan ayrim eʼtirozlar bildirildi. Ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish boʻyicha takliflar aytildi.

Asosli fikrlar inobatga olingan holda qonun loyihasini yana-da takomillashtirish uchun masʼul qoʻmitaga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер