Deputatlar maxsus qabulxona faoliyati bilan tanishdilar

15:31 30 Sentyabr 2023 Jamiyat
520 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zolari Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi huzuridagi maxsus qabulxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni joyida o‘rganishdir.

Tashrif davomida deputatlar maxsus qabulxona hududi, faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, maxsus qabulxona xodimlari va ma’muriy qamoqni o‘tayotgan shaxslar bilan suhbatlashdi.

Qayd etish joiz, tezkor xodimlardan jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish, fosh etish hamda qidiruvdagi shaxslarni ushlash uchun o‘z vaqtida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, jinoyatlarni aniqlashda tashabbus ko‘rsatish, jinoiy faoliyatni zudlik bilan hujjatlashtirish, jinoyat sodir etish niyatida bo‘lgan yoki jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rish, jazoning muqarrarligini ta’minlashi, shuningdek jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni aniqlashni nazarda tutuvchi norma belgilanishi maqsadga muvofiq.

Bu esa o‘z navbatida, amaldagi mazkur sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kirtishni taqozo etmoqda. Shu sababli, qonun loyihasiga muvofiq, “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunga 10-1-modda kiritilmoqda. Unga asosan “maxsus qabulxonalarda jinoyatlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda topish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyati amalga oshiriladi”, deb yangi taxrir kiritildi.

Mazkur o‘zgartishlar fuqarolarni jinoyat qurboniga aylanishining oldini olish va ogohlikka chaqirish maqsadida tergovga qadar tekshiruv organlaridan, surishtiruv, dastlabki tergov organlaridan, suddan yashiringan hamda jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetkazishga, bedarak yo‘qolgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha keng jamoatchilikni faol jalb etish yo‘li bilan o‘z vaqtida bedarak yo‘qolgan shaxslarni topishga va jinoyatlarning holatlarini, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, dastlabki tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish samardorligining oshishiga imkon beradi.

Tashrif yakunida maxsus qabulxona rahbariyati deputatlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер