Deputat vaʼdasida turdimi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Abdiraimovning Xorazm viloyati, Gurlan tumani saylovchilari bilan uchrashuvida hududdagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoasi tomonidan murojaat kelib tushgan edi.
Murojaatda ular oʻquvchilarning ushbu dargohda taʼlim olishlari uchun yetarlicha sharoitlar mavjud emasligi, taʼlim muassasasi taʼmirtalib ahvolga kelib qolgani, qishning qahratonli kunlari va yozning jazirama issiqlarida bolalar qiynalayotganini bildirgan edi.
Xalq vakili fuqarolarga “Biz hududga saylovchilar bilan shunchaki uchrashuv oʻtkazish uchun kelganimiz yoʻq, balki sizlarni qiynayotgan muammolarni aniqlab ularni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish uchun kelganmiz. Shu bois, siz koʻtarayotgan bu masalaga ham, albatta, ijobiy yechim topamiz”, deya vaʼda bergandi.
Deputat ushbu muammo yechimiga jiddiy kirishdi. Tegishli idora vakillari hamkorligida koʻp yillardan buyon aholini oʻylantirib kelayotgan masala hal etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring