Deputat tashabbusi bilan kompyuter oʻyinlari tartibga solindi

12:12 27 Mart 2026 Jamiyat
345 0

Xalq deputatlari Namangan viloyati va shahar Kengashlari deputati Narimon Dehqonov faol noiblardan hisoblanadi. U bir muddat avval oʻquvchilarni pul evaziga xizmat koʻrsatuvchi va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga jalb qilayotgan “kran-avtomat” apparatlari hamda kompyuter oʻyinlari faoliyatini oʻrganish yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi nomiga deputatlik soʻrovi yuborgan edi.

— Soʻrovda ushbu oʻyin apparatlari oʻrnatilishining qonuniyligi, shuningdek, ularning amaldagi litsenziya talablariga muvofiqligi masalasi qoʻyilgan edi, — deydi N. Dehqonov. — Mutaxassislar masalani oʻrganibgina qolmasdan mazkur yoʻnalishdagi shoxobchalarni tartibga solish yuzasidan aniq tadbirlarni ham amalga oshirdilar. Murojaatim asosida viloyat hududida keng qamrovli xatlov ishlari amalga oshirildi. Oʻrganishlar davomida jami 531 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati tahlil qilindi. Ayni jarayonda qator qonunbuzilish holatlari ham aniqlandi. Jumladan, 190 ta holatda tadbirkorlik faoliyati tegishli hujjatlarsiz olib borilayotganligi maʼlum boʻldi. Masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrilgan choralar va berilgan ogohlantirishlar natijasida 84 ta subyekt belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, 234 tasi esa ixtiyoriy ravishda oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Mahalliy Kengash deputatining jonkuyarligi bilan bugun Namanganda tadbirkorlikning yuqoridagi yoʻnalishi anchagina tartibga tushgan. Joylarda kompyuter oʻyinlari qonuniy asosda tashkil etilib, bozor munosabatlarida shaffoflikni taʼminlanayotgani, bu bilan yoshlarni turli nosogʻlom illatlardan asrashga alohida ahamiyat qaratilayotganligidan ayniqsa pedagog va ota-onalar xursand.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер