Departament toʻrtta tumanda Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan ayblanayotgan shaxslarni qoʻlga tushirdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.B. va Sh.X. fuqaro M.Sh.ga jami 1,5 million Rossiya rublini 211,5 million soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Z.S. fuqaro I.S.ga jami 3 ming 200 AQSH dollarini 40,5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi holat Buxoro viloyatida ham aniqlangan. Departamentning Gʻijduvon tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.K. fuqaro G.H.dan jami 3 ming 200 AQSH dollarini 40,1 million soʻmga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Xuddi shunday holat Navbahor tumanida ham qayd etilib, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.T. fuqaro N.F.ga jami 3 ming AQSH dollarini 38 million soʻmga sotgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring