“Dendropark"dagi qoidabuzarliklar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi agentligi huzuridagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (Dendropark) yer maydoni hududida oʻsimliklar dunyosi muhofazasi va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish holati oʻrganilgan.
Oʻrganish jarayonida “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi hududida daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq koʻplab holatlar aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 198-(ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring