“Dendropark”da noqonuniy tarzda egallab olingan binolar tegishli sud qarori asosida buzilmoqda

11:50 08 Noyabr 2023 Jamiyat
150 0

Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent tumanida joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi agentligi huzuridagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (“Dendropark”)da noqonuniy tarzda egallab olingan binolar tegishli sud qarori asosida buzilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda “Dendropark”da daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq koʻplab holatlar aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida “Dendropark”dagi qoidabuzarliklar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер