Demokratiyaning yorqin ifodasi

14:09 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
908 0

Foto: Халқ сўзи

Xalqaro kuzatuvchi sifatida Samarqanddagi saylov uchastkalari va okrug saylov komissiyasida boʻlib, siyosiy tadbirga juda yaxshi tayyorgarlik koʻrilganiga amin boʻldim. Prezidentlik uchun besh nomzod oʻrtasida kurash borayotgani eʼtiborli. Bu ham demokratiyaning yorqin ifodasi.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga yaqinda Polsha fuqarolarini Afgʻonistondan olib chiqishda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Bundan tashqari oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham Markaziy Osiyoga koʻchirilgan polyaklarga yuksak insonparvarlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatgan. Mening buvim ham oʻtgan asr 40-yillarida shu yurtga kelib, panoh topgan.

Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar keyingi paytda rivojlanib bormoqda. Yurtingizga tashrifim davomida bu boradagi hamkorligimizni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishishni ham niyat qilganman. Ushbu yoʻnalishda oʻzbekistonlik hamkorlar bilan fikrlashib oldim.

Yanush Pexochinskiy,

“Polsha-Osiyo” savdo-sanoat palatasi prezidenti,

Polsha Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot va

tashqi savdo boʻyicha maslahatchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер