Davlat teatrlari faoliyatini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

07:07 05 Dekabr 2023 Jamiyat
504 0

Prezidentimizning 2023-yil 27-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida Madaniyat vazirligi tizimida “Oʻzbekteatr” davlat muassasasini tashkil etish belgilangan.

Ayni paytda mazkur Farmon ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Madaniyat vazirligida “Oʻzbekteatr” davlat muassasasini tashkil qilish yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasi hamda davlat teatrlarining ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.  Unda madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etdi.

Muhokamada davlat muassasasining maqsad va vazifalari, respublikadagi davlat teatrlari va teatr studiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga uslubiy yordam koʻrsatish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, milliy teatr sanʼatining boy anʼanalari va yutuqlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlarini yaratish kabi dolzarb masalalar haqida soʻz bordi.

Taqdimot chogʻida vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер