Davlat soliq qoʻmitasi soliq.uz sayti faoliyatidagi uzilish haqidagi noxolis xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi
Foto: Daryo
Ayni paytda Davlat soliq qoʻmitasining barcha axborot xizmatlari odatdagi tartibda ishlamoqda.
Saytning qisqa muddat davomida ishlamasligiga saytda joylashtirilgan serverning operatsion tizimidagi nosozlik sabab boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, sayt axborot xarakteriga ega boʻlib, faqat ochiq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi va soliq toʻlovchilarni Davlat soliq qoʻmitasi strukturasi va faoliyati bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqish holatlari kuzatilmagan.
Foydalanuvchilardan faqat rasmiy va tasdiqlangan maʼlumotlarga ishonishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring