Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

18:40 23 Yanvar 2023 Siyosat
1615 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish:

— fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha) miqdorda;

Takroran sodir etiladigan boʻlsa:

— fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, Davlat bayrogʻi, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:

— BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер