Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanmoqda
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Senatning 14-yalpi majlisida “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash yagona qonunchilik hujjati bilan tartibga solinmasdan, 10 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari bilan belgilangan.
Ammo fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan pul toʻlovlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari mavjud emas. Shu bois ushbu sohadagi munosabatlarning va tartib-taomillarning qonuniy asoslarini mustahkamlash alohida qonun hujjatini qabul qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Mazkur Qonun yuqorida qayd etilgan masalalarning huquqiy yechimi boʻlib, uning maqsadi davlat hokimiyati vakolatlariga ega boʻlgan organning yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda zararning oʻrnini regress tartibida undirishni tartibga solishdan iboratdir.
Zararning oʻrni qoplab berilganda va keyinchalik zarar yetkazgan aybdor shaxsga nisbatan qonunga muvofiq regress huquqi yuzaga kelgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs faoliyat yuritayotgan yoki muqaddam ishlagan davlat organiga talabnoma kiritishi belgilanmoqda.
Qonunda qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, ochiqlik va shaffoflik kabi asosiy prinsiplar belgilanmoqda.
Bundan tashqari, mulkiy zararlarni qoplash uchun hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ularning manbalari aniq koʻrsatilmoqda.
Senatorlar qayd etganidek, Qonunning qabul qilinishi qonunga xilof qarorlar tufayli yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan qoplanishi toʻgʻrisidagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring