Davlat mukofotlari oʻz egalariga topshirildi
Samarqand viloyati hokimligida Prezidentimizning tegishli farmonlariga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan bir guruh yurtdoshlarimizga ana shu mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
— Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligida, xalqimiz turmush farovonligi, hududlar obodligini taʼminlashda har biringizning munosib hissangiz bor, — dedi marosimda viloyat rahbari Adiz Boboyev. — Sanoat, qurilish, xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, taʼlim va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning izchil rivojlanishida fidoyilik namunalarini koʻrsatmoqdasiz. Ana shu jonkuyarligingiz bugun eng ulugʻ, eng aziz bayramimizda munosib eʼtirof etilmoqda. Bunday eʼtibor va ishonch bilan sizlarni tabriklab, kelgusi ishlaringizga ham omad tilayman.
Tadbirda 17 nafar turli soha vakillariga unvon, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.
Oʻz navbatida, mukofotlanganlar nomidan soʻzga chiqqanlar yuksak eʼtirof va eʼtibor uchun oʻzlarining minnatdorligini bildirdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring