Davlat muassasasidan tadbirkor foydasiga 2 mlrd soʻmga yaqin pul undirildi
Illyustrativ foto
Tadbirkorga davlat muassasasi tomonidan toʻlanmagan haq undirib berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Paxtaobod tumani adliya boʻlimiga “Rich mir” masʼuliyati cheklangan jamiyati Shahrixon tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasidan vujudga kelgan haqdorlikni undirib berishni soʻrab murojaat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, “Rich mir” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishni toʻliq bajargan boʻlishiga qaramasdan Shahrixon tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilmagan.
Oʻrganish yakuni boʻyicha Boʻston tumanlararo iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini koʻzlab daʼvo ariza kiritildi. Daʼvo ariza sud tomonidan koʻrib chiqilib, javobgar Shahrixon tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi hisobidan “Rich mir” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 1 milliard 980 million 335 ming 703 soʻm qarzni undirib berilishi belgilandi.
Avvalroq “Telegram” orqali zararli fayllarni tarqatib fuqarolarning 1 milliardga yaqin pullarini oʻmargan kiberfiribgarlar qoʻlga tushgani haqida xabar qilgandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring