Davlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida haftaning har chorshanba kuni bolalarga yod preparatini umumiy ichirish kuni deb belgilandi

16:53 06 Dekabr 2023 Jamiyat
827 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova yod preparatini bepul tarqatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Taʼlim tashkilotlari rahbarlari taʼlim maskanlarida bolalarning preparatni ichishlari uchun suv va boshqa zarur sharoitlarni yaratadi.

Yod preparatlarini saqlash va hisobotini yuritish davlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari hamshirasi yoki masʼul xodimi tomonidan yuritiladi.

Bolalarda yod tanqisligining mavjudligi ularda quyidagi noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin:

aqliy qobiliyatning buzilishi;

aql-idrokning pasayishi;

boʻqoqning rivojlanishi va qalqonsimon bezning disfunksiyasi;

bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi;

kretinizm, yaʼni qalqonsimon bezning yetarli darajada ishlamasligi tufayli bolaning rivojlanishidagi kechikish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер