Davlat xizmatlarining yagona reyestri yangilandi
Davlat xizmatlarining yagona reyestri 2019-yilning 13-sentyabrida Adliya vazirligida 3181-raqam ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deyiladi “Huquqiy axborot” kanali orqali tarqatilgan xabarda.
Mazkur Reyestrda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan 716 ta davlat xizmati haqidagi maʼlumotlar oʻrin olgan (shu kungacha ushbu Reyestrda 693 ta davlat xizmatlari mavjud edi).
Eslatib oʻtamiz, 2017 filning 12-dekabrida qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq, 2018-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlarining yagona reyestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring