Davlat xizmatlari markazida zamonaviy qulayliklar
Fuqarolar emas hujjatlar harakatlanadi tamoyili asosida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlari xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga harakat qilmoqda. Taʼbir joiz bo‘lsa davlat xizmatlari markazlari Yangi O‘zbekistonning byurokratiyaga qarshi markazlari rolini bajarmoqda.
2018 yil 1 yanvarda faoliyat boshlagan paytda DXMlar tomonidan dastlab 37 turdagi davlat xizmatlari faqat tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Har kuni o‘rtacha 70-75 ming fuqarolarimiz Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishmoqda.
2022 yil davomida 12 mln.ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2023 yilning 1 yarimida jami 6 432 790 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Maʼlumot uchun: 2018 yil 1 yanvarda faoliyat boshlagan paytda DXMlar tomonidan dastlab 37 turdagi davlat xizmatlari faqat tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Har kuni o‘rtacha 70-75 ming fuqarolarimiz Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishmoqda.
2023 yilning 1 yarimida 24 ta yangi davlat ishga tushirildi. Shulardan 12 tasi Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona intraktiv davlat xizmatlari portalida, qolgan 12 tasi “Litsenziya” axborot tizimida.
Shu bilan birga, joriy yilning o‘tgan davrida Andijon viloyatining Jalaquduq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus hamda Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanlarida zamonaviy DXM binolari foydalanishga topshirildi.
Maʼlumot uchun: Bugungi kunda respublikaning 208 ta tuman (shahar) laridan 184 tasida zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari binolari qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ushbu binolarning 79 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan.
Bundan tashqari, fuqarolarimizga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tuman (shahar) markazlaridan 50-100 km. uzoq, tog‘li hududlarda 138 ta filiallar faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, fuqarolarga qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Markazlarda “Navbatsiz xizmat maskanlari”ni tashkil etishning huquqiy asosi belgilandi. Endilikda tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha to‘lov evaziga “Navbatsiz xizmat maskanlari” uchun ajratilgan xonaga kirib, istalgan xizmatdan navbatsiz foydalanishi hamda bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha qulayliklardan foydalanishi mumkin, bunda fuqarolarga alohida xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Shu jumladan, Davlat xizmatlari markazlaridagi elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati joriy etilmoqda. Ushbu qulaylik fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish imkonini yaratadi. Bunda xizmatlar “oson”, “o’rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, navbatlarni qisqartirish imkonini beradi.
Bugungi kunda yuqorida keltirilgan qulayliklar Chilonzor va Olmazor tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida joriy etildi.
Ma’lumot uchun: Davlat xizmatlari markazlari zamonaviy IT va aloqa uskunalari, fuqarolar uchun qulay kutish maydoni, sovutish tizimi bilan jihozlangan, shuningdek, markaz nogironlar aravachalari va qo‘shimcha infratuzilma va Brayl shriftidagi ma’ lumotlar bilan jihozlangan. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. DXMlarda elektron navbat tizimi, Infokiosk, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish zonasi, bolalar o‘yin maydonchasi, bufet, mini-kutubxona va bepul Wi-Fi mavjud. Davlat xizmatlaridan, ekstritritorial printsipga muvofiq, ya’ni yashash joyidan qat’i nazar olinishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring