Davlat xizmatlari markazida yana bir yangi xizmat ishga tushdi
Foto: Illustrativ foto
Endilikda, yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Avval xabar berilganidek, “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.) qabul qilingan edi.
Qarorga koʻra, yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring